Jahon

Erdogʻan Ukraina mojarosini muzlatishni taklif qilmoqchi

Erdogʻan Ukraina mojarosini muzlatishni taklif qilmoqchi

Erdogʻan bugun boshlanadigan G20 sammitida Ukrainadagi mojaroni muzlatish rejasini taqdim qilmoqchi.

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Turkiya prezidenti quyidagilarni taklif qiladi:

▪️Ukrainaning NATOga kirishi masalasini kamida 10 yilga kechiktirish;

▪️Donbassning sharqida demilitarizatsiya qilingan zona tashkil etish va u yerda “qoʻshimcha kafolat sifatida” xalqaro qoʻshinlarni joylashtirish;

▪️NATOga aʼzo boʻlishdan bosh tortgani uchun kompensatsiya sifatida Kiyevni qurollar bilan taʼminlash.