Qabul kvotalari va talabgorlarning soni
2025-yil uchun ajratilgan kvotalarga ko‘ra:
– Stajyor-tadqiqotchilik uchun – 350 o‘rin,
– Tayanch doktoranturaga – 4 139 o‘rin,
– Doktoranturaga – 761 o‘rin.
Mazkur kvotalarga jami 12 130 nafar talabgor hujjat topshirgan, shundan 6 545 tasi qabul qilingan, 5 585 tasi esa turli kamchiliklar sababli rad etilgan.
Rad etish sabablari va muammolarni bartaraf etish
Hujjatlari rad etilgan talabgorlarning asosiy sabablari:
– 32% (1 740 nafar) talabgorlarda xorijiy til sertifikati kechiktirilgan;
– 49% (2 640 nafar) talabgorlarga qo‘shimcha imtihon muddati kerak;
– 19% (1 020 nafar) talabgorlarda magistratura diplomlari hali qo‘lga kiritilmagan.
Bu muammolarni hal etish maqsadida, Vaziriar Mahkamasi topshirig‘i bilan hujjat topshirish muddati 10-noyabrga, kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi.
Qabul jarayonlarining so‘nggi natijalari
10-noyabrgacha jami 14 250 ta hujjat qabul qilinib, shundan:
– 847 tasi stajyor-tadqiqotchilikka,
– 6 087 tasi tayanch doktoranturaga,
– 389 tasi doktoranturaga tegishli bo‘ldi.
Bundan tashqari, 2025-yilning 1-choragi uchun mustaqil izlanuvchilik bo‘yicha 2 552 ta hujjat (DSc – 323, PhD – 2 229) qabul qilindi.
Imtihon va suhbat jarayonlari davom etmoqda
Hozirda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida talabgorlar uchun imtihon va suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayon 30-noyabrga qadar davom etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!