Payshanba kuni Avstraliya aloqa vaziri Mishel Rouland parlamentga 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashga qaratilgan noyob qonun loyihasini taqdim etdi.
Vazir bolalarning internetda xavfsizligini taʼminlash ota-onalar uchun eng qiyin vazifalardan biri ekanini taʼkidladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga ruxsat berishni doimiy ravishda buzganlik uchun TikTok, Facebook, Snapchat, Reddit, X (sobiq Twitter) va Instagram kabi platformalarga 50 million Avstraliya dollarigacha (33 million dollar) jarima solinadi.
«Ushbu qonun loyihasi jamiyatda yangi meʼyorni belgilaydi: ijtimoiy tarmoqlarga kirish Avstraliyada o‘sishning zaruriy qismi emas», dedi Rouland.
«O‘smirlarning filtrlanmagan kontentning cheksiz oqimlariga kirishining oldini olish uchun zudlik bilan chora ko‘rish zarur», deya qo‘shimcha qildi u.
Platform X egasi Ilon Mask bu tashabbusni tanqid qilib, shunday izoh qoldirdi: “Bu huddiki, barcha avstraliyaliklar uchun internetga kirishni nazorat qilishning yashirin usuliga o‘xshaydi”.
Shunga qaramay, qonun loyihasi siyosatchilar orasida keng qo‘llab-quvvatlandi. Yangi qonun qabul qilingandan so‘ng, platformalar yosh cheklovlarini amalga oshirishi uchun bir yil vaqt oladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!