Jahon, Madaniyat

Afg‘onistonda o‘zbek NNT vakolatxonasi ochildi 

Afg‘onistonda o‘zbek NNT vakolatxonasi ochildi 

Yangi O’zbekiston tarixida ilk bor boshqa davlatda, xususan, Afg’onistonda O’zbek NNT vakolatxonasi faoliyat boshladi. “Markaziy Osiyo taraqqiyot va integratsiya forumi” nodavlat notijorat tashkiloti Afg’onistonda millatlararo muloqotni rivojlantirish, iqtisodiy va madaniy-barqaror rivojlanish va ijobiy o’zgarishlarga ko’maklashish hamkorlik, Afg‘oniston xalqlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va O‘zbekiston, hamjamiyatlarga qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun imkoniyatlar berish va barqaror kelajakni qurish maqsadida tashkil etildi.

Shuningdek, gumanitar dasturlarni amalga oshirish va insonparvarlik yordamini ko’rsatish, dolzarb muammolarni hal qilish va afg’on xalqi farovonligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratadi.

Afg’oniston va O’zbekiston o’rtasida ishbilarmonlar va ishbilarmon doiralar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ko’maklashish, qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash, o’z a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ham vakolatxona vazifasiga kiradi.

Shu bilan birga, tashkilot faoliyati davomida ta’lim va salohiyatni oshirishga ham jiddiy yondoshadi. Sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish dasturlarini amalga oshirish, malaka oshirish bo’yicha mahorat darslari va treninglar o’tkazish shular jumlasidan.

Bundan tashqari, aholiga tibbiy xizmatlar va axborot dasturlarini taqdim etish, jamoat muammolarini hal qilish, daromad keltiradigan faoliyat va tadbirkorlikni rivojlantirish, barqaror turmush tarzini yaxshilashga ko’maklashadi.

Vakolatxona o’z faoliyati davomida yoshlarni ham e’tiborsiz qoldirmagan. Jumladan, yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga, yetakchilik fazilatlari va ko’nikmalarini rivojlantirish uchun yoshlarni jalb qilish dasturlarini ishlab chiqadi.

Vakolatxona tomonidan global muammolar qatoriga kirib bo’lgan ekologik vaziyatlarga ham yechim topiladi. Jumladan, ekologik toza amaliyotni va atrof-muhitni muhofaza qilishni targ’ib qilish, resurslarni barqaror boshqarish bo’yicha loyihalarni amalga oshiradi.