Jamiyat

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Avvalroq Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning sog’ligi sababli lavozimidan ketishi haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.