Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ostonada To‘qayev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonot berdi.
Bayonotda keltirilishicha, Rossiya Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi Rossiya va Qozog‘iston telefon aloqasida yagona +7 kodidan foydalanadi.
Shu bilan birga, Qozog‘istonga BRIKSning hamkor davlat maqomini olish uchun rasmiy taklif berildi. Rossiya va Qozog‘iston kosmik tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yanada mustahkamladi.
Moskva «Bayterek» kosmodromidan ilk raketa 2025-yilda uchirilishini kutmoqda.
Shuningdek, To‘qayev Putinning 2025-yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan borish taklifini qabul qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!