Sud hukmiga ko‘ra, 31 yoshli S.M. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “j” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “b”, “g”, “j”, “r” bandlari, 219-moddasi 2-qismi va 251-1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jinoyat kodeksining 50-moddasi 9-qismiga asosan, sudlanuvchi tayinlangan jazoning dastlabki 4 yilini turmaga qamash tariqasida va qolgan qismini qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!