Bokuda bo‘lib o‘tgan elektron savdo va eksport forumida Made in Turan brendi ostidagi mahsulotlar namoyish etildi. Bu haqda Trend.az agentligi xabar berdi.
Ozarbayjon franchayzing assotsiatsiyasi raisi Jamid Movsumovning aytishicha, ushbu brend ostida oziq-ovqat mahsulotlari, tovarlar va xizmatlar savdoga qo‘yiladi.
Brend ostida ishlaydigan ishlab chiqaruvchilar imtiyozga ega bo‘ladi.
Ushbu yagona savdo markasi orqali turkiy davlatlar mahsulotlarini xalqaro bozorda targʻib qilish rejalashtirilgan.
Assotsiatsiyaning fikricha, brend sifat belgisi boʻlib xizmat qiladi va ushbu brend ostida ishlaydigan ishlab chiqaruvchilar bojxona imtiyozlariga ega boʻlishlari mumkin.
Brendga qoʻshilish shartlari 2025-yil bahorida e’lon qilinadi.
Jamid Movsumov Turon agentligiga bergan intervyusida yangi brend ostidagi birinchi tovarlar milliy oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar bo‘lishini aytdi.
Brendga qoʻshilish shartlari 2025-yil bahorida e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Hozirda assotsiatsiya Made in Turan brendi ostidagi mahsulotlar Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi a’zo davlatlarida qanday imtiyozlarga ega boʻlishi mumkinligi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!