Xerson yo‘nalishida jang qiluvchi “Dnepr” qo‘shinlari guruhi askarlari RIA Novostiga o‘zlari yashayotgan yer osti shahrini ko‘rsatishdi.
“Bu joyni havodan ham yer ustidan ham aniqlab bo‘lmaydi. Bu yerda askarlar qulay va xavfsiz hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bor: toza va saranjom yotoqxonalar, oshxona, novvoyxona, hammom va kir yuvish majmuasi, dam olish xonasi, favqulodda vaziyatlarda chiqish yo‘llari.
Bo‘sh vaqtlarida askarlar televizor tomosha qilishlari, kitob o‘qishlari yoki shaxmat va boshqa o‘yinlar o‘ynashi mumkin”, – deb hikoya qiladi jangchi.
Yer osti shaharchasi sig‘imi 500 kishiga mo‘ljallangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!