Jamiyat

Buxoroda barcha rahbarlar 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi

Buxoroda barcha rahbarlar 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tadi

Prezident Buxoroda barcha rahbarlar 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tishini ma’lum qildi.

Kecha Buxoro viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, investitsiya va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda hududagi barcha hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari 6 oy favqulodda ish tartibiga o‘tishi aytildi.

Butun e’tibor shu uchta yo‘nalishni yaxshilashga qaratiladi. Xususan, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari asosida 70 ta drayver loyihani amalga oshirib, 150 ming odamni daromadli qilish, 40 ming kishini kambag‘allikdan chiqarish lozim.