O‘zgidromet xizmati agentligi dekabr oyida O‘zbekistonda qanday ob–havo bo‘lishi haqida prognozlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, oyning birinchi 10 kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat tartibi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.
Havo harorati asosan kechalari −3…+2, kunduzlari +3…+8, ba’zi joylarda +10 darajagacha, shimolda kechalari −3…−8, kunduzlari +2…+7 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
1-dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 2-dekabrda ayrim tog‘li hududlarda biroz qor yog‘ishi kutilmoqda.
Birinchi 10 kunlikning oxirigacha (3–8 dekabr) O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob–havo kuzatiladi va faqat o‘n kunlik oxirida (9–10 dekabr) respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat 0…-5 darajadan +2…+7 darajagacha, kunduzlari +3…+8 darajadan +10…+15 darajagacha o‘zgarib turadi. Oy oxirida harorat kechalari −5…−10, kunduz kunlari 0…-5 darajagacha pasayadi. Shimolda harorat kechalari −8…−13 darajadan, ba’zi joylarda −15…−17 darajadan −3…+2 darajagacha, kunduzlari −2…+3 darajadan +3…+8 darajagacha o‘zgarib turadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!