Beshariq tumanida 3 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan F.R. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan “Milano”, «Esse change» va «Oris change» nomli jami 3 000 quti tamaki mahsulotini 1 600 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!