Jamiyat

Elektr energiyasini behuda sarflagan tadbirkorlik subyektilariga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilmoqda

Elektr energiyasini behuda sarflagan tadbirkorlik subyektilariga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilmoqda

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura hamkorligida elektr energiyasidan nooqilona foydalanishni olidini olish maqsadida iste’molchilarga tegishli tartibda profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilda iste’molchilarni elektr energiyasidan behuda, ya’ni kunning yorug‘ davrlarida yoritish chiroqlaridan foydanish kabi 2 356 ta holati aniqlandi. Shundan 442 ta holatda ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan iste’molchining mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 5 ta korxonaga nisbatan moliyaviy sanksiya qo‘llash yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijastida jami quvvati elektr energiyasi iste’moli quvvati 314,2 kVt bo‘lgan elektr qurilmalarining behuda sarflanishi oldi olindi. Ushbu behuda sarflanishlar 25 ta xonadonning bir oylik o‘rtcha iste’moliga teng.

Misol uchun, so‘nggi 2 kunda birgina Toshkent shahrida kunning yorug‘ davri davomida maqsadsiz 264 ta yoritish holati aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi.