- 7-dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar uchun dam olish kuni;
- 8-dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni;
- 9-dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.
Yangi yil munosabati bilan 30 va 31-dekabr, dushanba va seshanba sanalari dam olish kunlari bo‘ladi. Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 30-dekabr, dushanba qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ham dam olish kuni bo‘ladi, faqat oldindan 14-dekabr, shanba kuni ishlab berishadi. 31-dekabr, seshanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.
2025-yil 1-yanvar dam olish kuni hisoblanadi. Yangi yil bayramlari qancha davom etishi prezidentning dam olish kunlari haqidagi yangi qarori qabul qilinganidan keyin ma’lum bo‘ladi.