Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida mamlakatda ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd. so‘mi talon-toroj qilingan. Bunday holatlar ortidan 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu davrda kredit mablag‘lari talon-toroj qilinishi oldini olish, muammoga aylangan qarzdorliklar qaytarilishini ta’minlash ishlari ustidan nazorat yanada kuchaytirilgan. Prokuratura aralashuvi bilan qarzdorliklarning 11,6 trln. so‘mi amalda undirildi, 8,9 trln. so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi ta’minlandi, 1,6 trln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2,5 trln. so‘mi talon – toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
2024-yilgi investitsiya dasturi asosida qurilish – ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari bartaraf etilgan.
Mazkur dastur ijrosi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 466 nafar shaxs intizomiy, 1 ming 854 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 262 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 71 mlrd. so‘m zarar undirilgan.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash choralari doirasida:
– surishtiruv va tergov organlarining 63 ming 047 nafar shaxsga nisbatan 50 ming 888 ta jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborilgan;
Bevosita prokuratura organlari tomonidan:
– 12 ming 342 ta jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 11 ming 350 nafar shaxsga nisbatan 7 ming 477 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 2,6 trln. so‘mlik zarar undirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!