Jahon

AQSH Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilishidan xavotirda

AQSH Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilishidan xavotirda

Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurilishi ehtimoliy halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Amerika markazi xabar berdi.

Mutaxassislarning fikricha, qurilishni to‘xtatishning endi iloji yo‘q. Qurilish jarayonida betonlar yetishmasligi suvning yetarli darajada yo‘qotilishiga olib keladi: yuz minglab kub metr suv yerga singib ketib, tuproq sho‘rlanadi va bug‘lanadi. Bu Markaziy Osiyodagi muzliklar erishi bilan birga mintaqa uchun ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni kuchaytiradi.

Yuqoridagi muammo yuzasidan, Xalqaro hamjamiyat zararni minimallashtirish uchun «Tolibon» hukumatini kanal qurish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga ko‘ndirish lozimligini ta’kidlamoqda.

YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shtepa kanal qurilishi Amudaryodan suv oqimi 8-20 foizini boshqa tomonga burib yuboradi. Bu O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 250 ming ish o‘rni yo‘qolishiga, mamlakat yalpi ichki mahsuloti 0,7 foizga qisqarishiga olib kelishi mumkin.