Jamiyat

Qizil kitobga kiritilgan ilon bilan tomosha ko‘rsatilgani aniqlandi

Qizil kitobga kiritilgan ilon bilan tomosha ko‘rsatilgani aniqlandi

Samarqandda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan yoʻlbars pitoni bilan tomosha koʻrsatib yurgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, uzunligi 3 metr, eni 28 sm boʻlgan piton taʼlim muassasalarida tomosha koʻrsatishda foydalanilgan. Ilon mamlakatga noqonuniy yoʻl bilan olib kirilgan.

Hozirda piton Zarafshon milliy tabiat bogʻiga topshirilgan va maxsus koʻrikdan oʻtkazilmoqda.