Taxminan olti soat o‘tib u parlament, jumladan o‘z partiyasining ba’zi a’zolari mazkur farmonga qarshi ovoz bergach, taslim bo‘lishga qaror qildi.
Asosiy muxolif Demokratik partiya shanba oqshomiga impichment masalasini ovoz qo‘yishni rejalashtirgan. Milliy politsiya muxolifat va faollar tomonidan ilgari surilgan qo‘zg‘olon da’vosi bo‘yicha davlat rahbariga nisbatan tergov boshlagan.
Bugun parlamentda bo‘lib o‘tgan partiya yig‘ilishidan so‘ng intervyu bergan Xan Don Xun Prezident harbiy holat davrida “davlatga qarshi kuchlar” safida bo‘lgani uchun bir guruh taniqli siyosatchilarni hibsga olishga buyruq berganini ma’lum qildi.
Kecha hukmron partiya impichmentga qarshiligini bildirdi, biroq Xan “ishonchli dalillar” asosida Seul janubidagi Kvachxon shahrida siyosiy yetakchilar hibsga olinishi mumkinligini qayd etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!