Jahon

Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun to‘rt kunlik ish haftasi joriy etiladi

Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun to‘rt kunlik ish haftasi joriy etiladi

Yaponiya poytaxti Tokioda oilaga vaqt ajratish va tug‘ilish darajasini oshirish uchun to‘rt kunlik ish haftasi joriy etiladi. Ushbu yangi tartib 2025-yilning aprel oyidan boshlab amalga oshiriladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi tartib bo‘yicha xodimlar har haftada uch kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, boshlang‘ich maktabning birinchi uch sinfida o‘qiyotgan farzandlari bo‘lgan ota-onalarga maʼlum miqdorda maoshdan voz kechish evaziga ishni erta yakunlash imkoni beriladi.

“Biz ish uslublarini qayta ko‘rib chiqamiz va tug‘ilish yoki bolalarni parvarishlash kabi hayotiy voqealar tufayli hech kimning faoliyatidan voz kechishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Tokio xalqi hayoti, yashash sharoitlari va iqtisodiyotini himoya qilish va yaxshilash uchun tashabbusni qo‘lga olish vaqti keldi”, dedi Tokio gubernatori Yuriko Koike.