Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etgani uchun xalqdan uzr so‘radi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
U televideniye orqali xalqqa murojaat qilib, o‘z qilmishidan pushaymonligini aytdi va ta’zim qildi.
«Harbiy holat e’lon qilinishi aholida xavotir va noqulaylik keltirgani uchun uzr so‘rayman. Ikkinchi marta harbiy holat joriy etilmaydi», — dedi Yun Sok Yol.
Prezident harbiy holat joriy etilishi munosabati bilan barcha siyosiy va huquqiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya hokimiyatdagi partiya yetakchisi prezidentning muddatidan oldin iste’fosi muqarrar ekanini ta’kidladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!