Jahon

Japarov Yevropa davlatlari va AQShni Afg‘onistonning amaldagi hukumatini tan olishga chaqirdi

Japarov Yevropa davlatlari va AQShni Afg‘onistonning amaldagi hukumatini tan olishga chaqirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Yevropa davlatlari va Qo‘shma Shtatlarni Afg‘onistonning Tolibon vakili bo‘lgan amaldagi hukumatini tan olishga va “muzlatilgan” aktivlarni qaytarishga chaqirdi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari Turkiyaning TRT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Oʻzingizga maʼlumki, 2021-yilda Afgʻonistonda “Tolibon” harakati yetakchilari hokimiyat tepasiga keldi. Ular bugungi kungacha mamlakatni boshqarishda davom etmoqdalar. Biz istaymizmi yoki yo‘qmi, fakt o‘zgarishsiz qolmoqda – mamlakatni Tolibon boshqaradi.

Buni inkor etib bo’lmaydi. Bir qator davlatlar, jumladan biz ham Tolibonni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi”, — dedi Japarov.

Afg‘on xalqi uzoq yillardan buyon urush va uning oqibatlaridan azob chekib, qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganini ta’kidladi.

“Afgʻoniston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri chegaramiz boʻlmasa-da, bu qoʻshni davlatimizga tegadi. Shuning uchun u yerdagi vaziyatning yomonlashuvi bizni ma’lum darajada xavotirga solmoqda”, — dedi prezident.