Jamiyat

Aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi

Aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi

Shavkat Mirziyoyev aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha muhim masalalar ko‘rib chiqilib, aniq vazifalar belgilandi.

Germaniya bilan hamkorlikda 14 texnikumda zamonaviy kasblarga va nemis tiliga o‘qitish tashkil etildi. Ushbu tajriba asosida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash maqsadida hokimlar va tarmoq rahbarlariga har bir hududda kamida 5 texnikumda bu modelni joriy qilish vazifasi topshirildi.

TIVga Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada va boshqa davlatlarda o‘qish, malaka oshirish va ishlash uchun vizani soddalashtirish choralarini ko‘rish aytildi.

Shu bilan birga, kelgusi yildan «Work and Travel» dasturlari doirasida talabalarning yo‘lkira xarajatlarini qoplash uchun ssudalar ajratish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.