Jahon

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga keldi

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga keldi

Bashar Asad Suriya mojarosining bir qator ishtirokchilari bilan muzokaralardan so‘ng prezidentlik lavozimini va mamlakatni tark etdi.

Rossiya TIV bayonotiga ko‘ra, u hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Rossiya muzokaralarda qatnashmadi. Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari shay holatga keltirildi. Hozirda ularning xavfsizligiga tahdid yo‘q.

“Rossiya Suriya muxolifatining barcha guruhlari bilan aloqada”, – deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Asad oilasi bilan Moskvaga yetib bordi.

Bu haqda Kremldagi manba RIA Novosti’ga maʼlum qilib, Rossiya gumanitar nuqtai nazardan kelib chiqib, ularga boshpana berganini taʼkidladi.

“Rossiya har doim BMT shafeligida muzokaralarni qayta boshlash zaruratidan kelib chiqib, Suriya inqiroziga siyosiy yechim topish tarafdori boʻlib kelgan, Rossiya rasmiylari rus harbiylarining xavfsizligini kafolatlagan qurolli Suriya muxolifati yetakchilari bilan aloqada.

Suriyadagi bazalar va diplomatik muassasalar Suriya xalqi manfaatlari va Rossiya va Suriya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlida siyosiy muloqotni davom ettirishga umid qilamiz”, deyiladi bayonotda.