Jahon

Tramp Suriyadagi vaziyatga izoh berdi

Tramp Suriyadagi vaziyatga izoh berdi

Suriya rejimining ag’darilgan rahbari Bashar al-Asad Rossiyadan yordam ololmagani uchun mamlakatni tark etdi.

Bu haqda AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq davlatidagi vaziyatni sharhlar ekan, aytib o‘tdi.

“Asad ketdi. U o’z mamlakatidan qochib ketdi. Uning himoyachisi Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya endi uni himoya qilishdan manfaatdor emas”, — deb yozdi Tramp Truth Social’da.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya “Ukraina tufayli Suriyaga boʻlgan qiziqishni yoʻqotdi”.

Suriyada 1963-yilda Suriyada hokimiyatga kelgan Baas partiyasining 61 yillik qonli hukmronligi barbod bo‘ldi. Rejimga qarshi qurolli kuchlarning poytaxt Damashqqa kirishi bilan Bashar al-Asad rejimi va Baas partiyasining hukmronligi tugadi.

Suriyadagi voqealar

27-noyabr kuni Suriya shimolidagi Halab viloyatining g‘arbiy qismida Asad rejimi kuchlari bilan hukumatga qarshi qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi.

30-noyabr kuni aksilhukumat guruhlari Aleppo markazining katta qismini rejim kuchlaridan qaytarib oldi va shu kuni Idlibning butun hududi ustidan nazorat o‘rnatdi.

5-dekabr kuni shiddatli to’qnashuvlardan so’ng fraktsiyalar Xama markazini rejim kuchlaridan qaytarib oldi.

Rejimga qarshi bo’lgan guruhlar strategik ahamiyatga ega bo’lgan Homs viloyatida poytaxt Damashqqa yo’l ochilgan bir qancha aholi punktlarini nazoratga olib, hujumlarini davom ettirdi.