Jinoyat

DXX: Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atib, qidiruv e’lon qilindi

DXX: Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atib, qidiruv e’lon qilindi

Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, DXX tomonidan unga nisbatan «terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish yoki harakatlanish» (JK 155-2-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish» (JK 159-moddasi), «qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish» (JK 223-moddasi) va «taqiqlangan tashkilotlar tuzish hamda ularga rahbarlik qilish, ishtirok etish» (JK 244-2-modda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

«X.N. 2016-yilda Rossiyaga mehnat muhojiri sifatida borib, u yerda xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushib, Suriyaning Idlib shahriga ketgan. U yerdan turib olib borgan targ‘ibot ishlari oqibatida bir qancha yurtdoshlarimiz janglarda ishtirok etib halok bo‘lgan. Ayni vaqtda X.N. ijtimoiy tarmoqlar va YouTube videoxostingi orqali o‘zining jinoiy qilmishlariga diniy tus berib, jihodga chorlovlarni davom ettirmoqda», — deyiladi IIV bayonotida.

Vazirlik u yuritayotgan sahifalar O‘zbekiston hududida taqiqlangani, ularni saqlash, olib yurish va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirgan.