Hodisa

Hafta oxirigacha harorat asta-sekin ko‘tariladi

Hafta oxirigacha harorat asta-sekin ko‘tariladi
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 10-13-dekabr kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13-dekabr kuni shimolda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

14-dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 10-14 dekabrda harorat kechalari -5…-8 darajadan +2…+5 darajagacha, kunduz kunlari 0…+3 darajadan +9…+12 darajagacha ko‘tariladi. Respublika shimolida harorat kechalari -8…-13 darajadan -2…-7 darajagacha, kunduz kunlari 0…-5 darajadan 0…+5 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda: 10-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat kechalari -6…-8 darajadan +3…+5 darajagacha, kunduz kunlari 0…+2 darajadan +10…+12 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, havo harorati keskin pasayadi.