Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan joylarda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
➖ “Toshkent-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina Ohangaron shahri hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 4 kg. 986 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, mazkur transport vositasining ortidan “Malibu” rusumli avtomashinada kuzatib kelayotgan uning 1987 y.t., muqaddam sudlangan akasi ham ushlandi.
Aniqlanishicha, ular Toshkent viloyatining Piskent tumani hududiga keltirib berish sharti bilan tojikistonlik narkosavdogardan 30 ming AQSH dollari evaziga sotib olingan ushbu giyohvandlik vositasini kelgusida Qo‘qon shahrida qayta sotib, mo‘may daromad topishni rejalashtirishgan.
➖Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona tumanida yashovchi, 1972 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning yonida bo‘lgan o‘yinchoq quti ichida 987 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
U mazkur ajal og‘usini Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1984 y.t. fuqarodan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham protsessual tartibda ushlandi hamda unga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashina salonidan 941 gr. “opiy” va 1 kg. 980 gr. “gashish” moddalari olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositalari muqaddam Tojikiston Respublikasi fuqarosi tomonidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi.
➖Xorazm viloyatining Urganch shahrida kuzatilgan holatda esa, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yashovchi, 1981 y.t. fuqaro Tojikiston Respublikasidan keltirilgan 501 gr. “opiy” va 459 gr. “gashish” moddalarini 7800 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 3 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
➖Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yashnobod tumanida yashovchi, 1982 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs to‘xtatilib tekshirilganda, unga tegishli ish qurollari uchun mo‘ljallangan chemodanda 297 gr. “gashish” va 9 gr. “opiy” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!