Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Boʻka tumanida yashovchi fuqaro X.A (ayol) ning murojaati kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro X.A 2 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, 2020-yilda turmush oʻrtogʻi T.B ning vafotidan soʻng bankda oʻz nomiga plastik karta ochilganligi, lekin mazkur kartaga yoʻnaltirilgan ijtimoiy va nogironlik nafaqalari bank tomonidan unda mavjud bo’lgan ipoteka krediti toʻlovlarini qoplash uchun yechib olinganini bildirgan va farzandlarining ijtimoiy taʼminotga oid huquqlarini tiklanishida amaliy yordam soʻragan.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani soʻrovi asosida bank masʼullari tomonidan oʻrganildi. X.A. ning bankdagi ijtimoiy toʻlov mablagʻlari kelib tushadigan hisob raqamidan kredit qarzdorlik uchun yechib olingan pullar Qonun hujjatlariga muvofiq ravishda qaytarilib, masala ijobiy hal qilindi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!