Jamiyat

Metalni qayta ishlash zavodi 26,9 mlrd. soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Metalni qayta ishlash zavodi 26,9 mlrd. soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentda metalni qayta ishlash zavodi 26,9 mlrd. soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Yashnobod tumanida joylashgan zavod hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatilib, elektrdan noqonuniy foydalanib kelingan.

Oqibatda davlat manfaatlariga 26 mlrd 945 mln soʻmlik zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan, deb xabar berdi “Oʻzenergoinspeksiya”.