Jahon

Muhammad al-Bashir Suriyaning o‘tish davri hukumatiga rahbar bo‘ldi

Muhammad al-Bashir Suriyaning o‘tish davri hukumatiga rahbar bo‘ldi

Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad Rossiyaga qochib ketgandan so‘ng Muhammad al-Bashir Suriyadagi o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlandi. Uning vazifasi 2025-yil 1-martgacha davom etadi. Bu tayinlov Suriyadagi siyosiy o‘zgarishlarning muhim bosqichi sifatida baholanmoqda.

Al-Bashir 2017-yilda «Hay’at Tahrir ash-Shom» (HTSH) guruhi tomonidan tashkil etilgan muxolifatning Najot hukumatini boshqargan.

Muhammad Bashir yangi o‘tish davri hukumatining rahbari sifatida Suriyaning siyosiy jarayonini qayta tashkil etish va barqarorlikka erishish uchun mas’ul bo‘ladi.

8-dekabr kuni Suriyada muxolifat kuchlari, jumladan, HTSH Damashqqa hujum qilib, prezident Bashar Asad rejimi ag‘darilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Asad va uning oilasi Rossiyadan boshpana oldi.

Bashar Asad 24 yil mobaynida Suriyani boshqarib kelgan. Uning oilasi esa 1971- yildan beri mamlakat siyosiy tizimida hukmronlik qilgan.