Ilm-fan

O‘qituvchilar uchun ommalashtirish.uz mobil Ilovasi ishlab chiqildi

O‘qituvchilar uchun ommalashtirish.uz mobil Ilovasi ishlab chiqildi

Ustozlar uchun ishlab chiqilgan ommalashtirish.uz platformasining mobil ilovasidan endi telefonda foydalanish mumkin. Ilgʻor tajriba va faoliyat davomida qoʻllab kelinayotgan zamonaviy metodikalarni bir necha qadam bilan ommalashtirish.uz platformasiga jo’natish mumkin bo‘ladi.

Ushbu ilova imkoniyatlari:

– avvalgi yillarda ommalashgan metodik ishlarni oson topish va o’rganish;

– tajribangizni bo‘lishish;

– boshqa pedagoglar bilan fikr almashish maqsadida o’z metodik ishlanmalaringizni jo’natish;

– ta’lim sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni kuzatish.

Eslatib o’tamiz, ommalashtirishning 2024-2025-o’quv yili uchun o’tkaziladigan joriy metodik ishlarni platformaga joylashtirish 2025-yil 1-martidan 20-martigacha davom etadi.

Ilovani yuklab olish uchun:

Google Play: Yuklash

App Store: Yuklash