Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullaridan iborat delegatsiya ayni damda Finlyandiyaning Vantaa shahrida bo‘lib turishibdi.
Uchrashuvlar avvalida delegatasiya vakillari Ylästö maktabida bo‘lishdi hamda inklyuziv ta’limning dolzarb muammolari va amaliyotlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi.
Shundan so’ng, mas’ullar “KiVa” dasturiga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etishdi. O‘quv mashg‘ulotlarini Turkiya universiteti mutaxassisi Selin Kylenpää olib bordi.
Ma’lumot uchun, “KiVa” dasturi maktablarda zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan innovatsion yondashuv bo‘lib, uning samaradorligi Finlyandiya va xalqaro miqyosda yuqori baholangan.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya Luovi kasb-hunar kollejida bo‘ldi. Ushbu kollej o‘zining alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan yoshlarning kasb-hunar egallashi va ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashdagi yutuqlari bilan mashhurdir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!