Jahon

AQSh davlat kotibi Blinken va Turkiya prezidenti Erdo’g‘an bilan uchrashdi

AQSh davlat kotibi Blinken va Turkiya prezidenti Erdo’g‘an bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik, Suriyadagi vaziyat va G‘azo mojarosi asosiy mavzular sifatida muhokama qilindi.

Barcha tomonlarning inson huquqlariga rioya qilishi va tinch aholini, ayniqsa, ozchiliklarni himoya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda G‘azo mojarosiga alohida eʼtibor qaratildi. Blinken va Erdo’g‘an G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini hamda insonparvarlik yordamini taʼminlash va tinch aholiga zarar yetkazmaslikka chaqirishdi.

Blinken va Erdo’g‘an uchrashuvda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, xususan, energetika va xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi.

Shu bilan birga, AQSH va Turkiyaning amaldagi siyosati ham jamoatchilik tomonidan tanqidga uchramoqda. AQSH BMTning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini veto qilib kelayotgani, Turkiya esa Isroil bilan neft savdosi va iqtisodiy aloqalarni davom ettirayotgani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.