Tuman va shahar sektorlari rahbarlari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi turistik loyihalar bilan yaqindan tanishishdi. Ularga Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev hamkorlik qilishdi.
Taʼkidlash joizki, 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari uchun oʻquv-amaliy seminar boshlangan boʻlib, tadbir davlat rahbarining 2024-yil 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida soʻzlagan nutqlarida, shuningdek, 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan rahbarlar oldida turgan vazifalarni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan.
Boʻstonliqda turizmni rivojlantirishga doir oʻtgan amaliy seminar mashgʻulotida A.Abduhakimov va U.Shadiyev ekoturizmni rivojlantirish hamda zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etishga oid maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashib, seminar ishtirokchilariga tuman turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turistik mahsulotlarini ishga tushirish va zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishtirishdi.
Hokimlar tumandagi “Ugam River”, “Chorvoq darvozasi” turistik majmualari, “Chinorkent” dor yoʻli hamda “Kapsula” uylarda boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!