Maʼlumot uchun, 2023-yil sentyabr oyida prezident Toshkent–Samarqand, Samarqand–Navoiy–Buxoro yo‘nalishlarida yangi tezyurar temiryo‘l liniyalarini qurish rejalarini e’lon qilgan edi. Ushbu loyiha ushbu tashabbusning amaliy bosqichlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston joriy yil iyun oyida Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qilish va yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, 6 ta tezyurar poyezd xarid qilinib, Toshkent—Urganch—Xiva yo‘nalishiga qo‘yiladi. Jaloliddin Manguberdi deb nomlanadigan poyezd masofani yetti soatda bosib o‘tadi.
O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan tezyurar poyezd KTX-Eum poyezdining o‘xshashi bo‘lib, u o‘z navbatida 430 km/soat tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan HEM-430X tezyurar poyezdi negizida yaratilgan. Har biri yetti vagonli poyezd 389 o‘ringa ega bo‘ladi va VIP, biznes va ekonom klasslarni, shuningdek, ovqatlanish vagonini o‘z ichiga oladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!