Isroil G‘azo sektoridagi harbiy faoliyatini yanada faollashtirib, bufer zonalar va harbiy bazalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. New York Times tahlillari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi uch oy ichida 600 dan ortiq binolar buzib tashlangan va o‘nga yaqin yangi harbiy baza qurilgan.
Netzarim koridori — G‘azo sektorini shimoliy va janubiy qismlarga ajratib turuvchi 6 kilometrlik strategik yo‘lak. U 2005 yilga qadar Isroil armiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, hozirda bu hudud qayta tiklanmoqda. Koridor atrofidagi 47 kvadrat kilometr hududda qo‘shimcha mudofaa vositalari, yo‘llar va harbiy inshootlar qurilgan.
Bazalarni faollashtirishdan maqsad janubga evakuatsiya qilingan falastinliklarning shimoliga qaytishini cheklash, G‘azoni ikki qismga ajratish orqali harakat erkinligini mahdudlashtirish, harbiy nazoratni mustahkamlash va HAMAS harakatini izolyatsiya qilish.
Filadelfiya koridori — G‘azo va Misr o‘rtasidagi 14 kilometrlik bufer zona bo‘lib, uning kengligi 100 metrni tashkil etadi. U 1979-yilda Misr va Isroil o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasi asosida tashkil etilgan.
Isroil hudud bo‘ylab 19 ta yirik va o‘nlab kichik harbiy bazalar qurib, ularni mudofaa ariqlari, qo‘rg‘onlar va transport vositalariga qarshi to‘siqlar bilan mustahkamlamoqda. Yaqin oylarda qurilgan inshootlar quyidagicha tavsiflanadi.
1. Kazarmalar va mudofaa inshootlari: Askarlar uchun yashash sharoiti va mudofaa tarmoqlari tashkil qilingan.
2. Aloqa va logistika minoralari: Hududni to‘liq nazorat qilish uchun yangi infratuzilmalar yaratilgan.
3. Zirhli mashinalar uchun maxsus joylar: Harbiy texnika harakatini osonlashtirish maqsadida yangi to‘xtash joylari qurilgan.
Isroilning bu harakatlari mintaqadagi harbiy ustunlikni saqlab qolishga qaratilgan. Mazkur strategiyani sobiq bosh vazir Ariyel Sharon tomonidan taklif etilgan “Besh barmoq” doktrinasining davomi sifatida ko‘rish mumkin. Ushbu doktrina doirasida:
G‘azo turli qismlarga ajratilib, uning to‘liq nazorati ta’minlanadi.
Hududiy cheklovlar va izolyatsiya orqali Hamas harakatining faoliyati cheklanadi.
Falastinliklarning tashqi dunyo bilan aloqasi minimal darajaga tushiriladi.
Isroilning G‘azodagi harbiy harakatlari mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Harbiy bazalarning kengayishi va aholining evakuatsiya qilinishi gumanitar inqirozni chuqurlashtirad
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!