Transport vazirligi xabariga ko‘ra, bu dam olish kunlari munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qatnovlar UzAutoTrans Service korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida tashkil etiladi. Transportlar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi, Chorvoqdan (Xumson) esa 12:00 va 18:00 da harakatlanadi. Yo‘lkira narxi – 20 000 so‘m.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!