Jamiyat

Toshkent metrosi bayram kunlari uchun ish jadvalini eʼlon qildi

Toshkent metrosi bayram kunlari uchun ish jadvalini eʼlon qildi

Toshkent metrosi yangi yil bayrami uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakatlanish jadvalini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

28, 30, 31-dekabr kunlari metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda;

29-dekabr va 2025-yil 1, 2-yanvar kunlari poyezdlar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalga ko‘ra harakatlanadi.

Shuningdek, 4 yanvar – shanba kuni barcha uchun ish kuni va bu kunda metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 31-dekabr sanasida Toshkent metropoliteni bekatlari odatdagidan 2 soatga ko‘proq vaqt davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi yuzasidan rasmiy xabar taqdim etilgan edi.