Jahon

Aqtaudagi samolyot halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar maʼlum bo‘ldi

Aqtaudagi samolyot halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar maʼlum bo‘ldi

Shu kuni Grozniy aeroportida vaziyat juda og‘ir edi: Ukraina dronlari terrorchilik hujumlari uyushtirayotgan va qalin tuman tufayli 500 metr balandlikda hech narsa ko‘rinmas edi.

Shu sababli Grozniy aeroporti hududida “kover” rejimi kiritilgan bo‘lib, barcha samolyotlar hududni zudlik bilan tark etishi kerak edi.

Ozarbayjon havo yo‘llari (AZAL) Oqtov aeroportiga borishga qaror qiladi.

Dastlabki o‘rganishlardan so‘ng aviakompaniya samolyotga tashqi taʼsir bo‘lganini maʼlum qildi.

AZAL 28-dekabrdan boshlab Rossiya janubidagi Sochi, Vladikavkaz, Samara, Volgograd va boshqa shaharlarga parvozlarini vaqtincha to‘xtatdi.

Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Astraxan, Qozon va Novosibirskga parvozlar davom etadi.

Rossiya TIV xorijiy OAVlarda paydo bo‘lgan, go‘yoki Rossiya Qozog‘iston va Ozarbayjonga yagona pozitsiya ishlab chiqish borasida murojaat qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.