Manbaga ko‘ra, 1 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turnirida super yengil vazn toifasi vakillari Ramazon Temirov hamda Charlz Jonson oktagonga ko‘tariladi.

Foto: X (sobiq Twitter)

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Jonson shu vaqtga qadar MMA’da 25 ta jang o‘tkazib, 17 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini 19-oktyabr kuni UFC Fight Night 245 turniri doirasida xitoylik Su Mudayerjiga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozongan.

27 yoshli Temirov esa MMA’da 10-9-1 rekordiga ega. U oxirgi jangini 12-oktyabr kuni UFC Fight Night 244 doirasida amerikalik Sijey Vergaraga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alaba qozongandi.