7-yanvarda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
8-yanvarda kechasi va ertalab faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi.
8-yanvarda kunduz kuni va 9-10 yanvarda O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
8-10 dekabr kunlari havo harorati kechalari 2-5 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida 6-8 yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Poytaxtimizda: 6-10 yanvar kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 7 yanvarda kechqurun va 8-yanvarga o‘tar kechasi yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!