Jamiyat

Sanepidqo‘mita: Ortiqcha xavotirga hojat yo‘q

Sanepidqo‘mita: Ortiqcha xavotirga hojat yo‘q

So‘nggi kunlarda dunyoning qator mamlakatlarida metapnevmovirus infeksiyasi avj olayotgani hamda ushbu xastalik COVID-19dan ham xavfliroq ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Sanepidqo‘mitaga ko‘ra, metapnevmovirus avvaldan ma’lum infeksiya bo‘lib, birinchi marta 2001-yilda aniqlangan. Bu infeksiya odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma belgilari bilan, xuddi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar shaklida paydo bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.

Mazkur virus bilan xastalanish holatlari dunyoning barcha mintaqalarida har yili qayd etiladi. Metapnevmovirusning kuz-qish davrida yanada faollashuvi kuzatiladi.

O‘zbekistonda ham ayni vaqtda o‘tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Yurtimizda ularning laboratoriya tekshiruvlari muntazam amalga oshirib kelinyapti va ana shunday tekshiruvlarning 39,9 foizida gripp virusi, 32,2 foizida rinovirus, 30,6 foizida respirator-sinsitial virus va 1,2 foizida metapnevmovirus aniqlangan.