O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 26-dekabrda qabul qilingan 886-sonli qaror bilan attraksionlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi tartib va nizomlar tasdiqlandi. Ushbu hujjat mamlakatda attraksionlardan foydalanishda xavfsizlikni yanada oshirish va ularni nazorat qilish tizimini joriy etishni ko‘zda tutadi.
Yangi texnik reglament O‘zbekiston hududida attraksionlardan foydalanishda insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish uchun yagona xavfsizlik talablarini belgilaydi. Bu reglamentga ko‘ra, attraksionlar faqat xavfsizlik talablari bo‘yicha muvofiqlikdan o‘tgan taqdirda foydalanishga topshiriladi.
Attraksionlar xavfsizligini nazorat qilish quyidagi tashkilotlar vakolatiga kiradi:
Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV);
Energetika vazirligi;
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi.
Yangi qarorga muvofiq, attraksionlarning davlat reyestri joriy etiladi. Bu reyestr quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:
1. Attraksionlarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilash;
2. San’at xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
3. Attraksionlardan foydalanuvchi tashkilotlar haqida tizimli ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish.
Attraksionni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun unga maxsus raqam beriladi va bu haqda tegishli ma’lumotlar bazaga kiritiladi. Ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanib boriladi yoki attraksion faoliyatini tugatgan taqdirda, ro‘yxatdan chiqariladi.
Yangi texnik reglament va davlat reyestrini yuritish tizimi 2024-yil 28-dekabrdan rasman kuchga kirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!