Jamiyat

Toshkent – Xo‘jakent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar endi Janubiy vokzaldan harakatlanadi

Toshkent – Xo‘jakent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar endi Janubiy vokzaldan harakatlanadi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 10 yanvaridan boshlab Toshkent – Xo‘jakent yo‘nalishida harakatlanuvchi tezyurar yo‘lovchi elektropoyezdlar Janubiy vokzaldan yuradi. Yo‘nalish jadvali quyidagicha:

7201-sonli Toshkent janubiy – Xo‘jakent:

Toshkent janubiy 06:24 – Xo‘jakent 07:43,

7202-sonli Xo‘jakent – Toshkent janubiy:

Xojikent 08:20 – Toshkent janubiy 09:41,

7203-sonli Toshkent janubiy – Xo‘jakent:

Toshkent janubiy 12:39 – Xo‘jakent 13:58.

Shuningdek, 7204-sonli Xo‘jakent – Toshkent janubiy:

Xo‘jakent 14:33 – Toshkent janubiy 15:54,

7205-sonli Toshkent janubiy – Xo‘jakent:

Toshkent janubiy 18:35 – Xo‘jakent 19:54,

7206-sonli Xo‘jakent – Toshkent janubiy:

Xo‘jakent 20:23 – Toshkent janubiy 21:42,

6440-sonli Xo‘jakent -Toshkent janubiy:

Xo‘jakent 06:22 – Toshkent janubiy 08:56,

6442-sonli Xo‘jakent – Toshkent janubiy:

Xo‘jakent 05:20 – Toshkent janubiy 07:53 da yuradi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ushbu tezyurar elektropoyezd shu paytgacha Shimoliy vokzaldan harakatlangan. Toshkentdan Xo‘jakentga mingdan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi tezyurar elektropoyezdda yo‘l haqi kattalar uchun 20 ming so‘m, bolalar uchun 11500 so‘m. To‘lovni ATTO sayohat kartasi orqali to‘lash yoki onlayn chipta xarid qilish mumkin.