Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi va kunduzi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayadi.
Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
O‘zbekiston hududiga 7-yanvar, seshanba kunidan Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlandi. Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududi bo‘yicha 2025-yil yanvar oyining birinchi yarmida anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti. Havo harorati yanvar oyi boshi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!