O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda.
Bu haqida yozgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning qayd etishicha, bu davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi.
Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvaridan amaldorlarning mol-mulki deklaratsiya qilinishi aytilgan edi. Lekin, bu chora hanuzgacha amalga oshgani yo‘q.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!