2024-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali fuqarolar tomonidan jami 75 945 ta qo‘ng‘iroq qabul qilingan. Bu qo‘ng‘iroqlarning 74 838 tasiga Call-markaz operatorlari tomonidan darhol tegishli maʼlumot va javoblar berilgan. Qolgan 1 107 ta murojaat esa vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘limlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.
Murojaatlarning asosiy mavzulari
Vazirlikning Ishonch telefoniga asosan:
ish haqi (oylik maosh yoki boshqa qoʻshimcha toʻlovlar)ning oʻz vaqtida toʻlanishi;
maktab shahodatnomasini tiklash yoki dublikat olish;
eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish;
dars soatlari taqsimoti;
oʻquvchilarni maktabga joylashtirish, maktabdan maktabga koʻchirish;
oʻquvchilarning turli fan olimpiadalarida ishtirok etishi;
pedagoglarga milliy sertifikatlar asosida ustama belgilash;
pedagoglarning menejerlik sertifikatini olishi;
pedagoglarning malaka toifa sinovlarida qatnashishi;
pedagoglarning malaka oshirish jarayonlari;
xususiy maktablar faoliyatiga doir murojaatlar kelib tushgan.
Fuqarolarning faoliyati va natijalar
Vazirlik tomonidan qabul qilingan murojaatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqilgan va imkon qadar hal qilingan. Xususan, maktab shahodatnomalarining dublikatlarini olishdan tortib, pedagoglarning malaka oshirish jarayonlariga qadar bo‘lgan barcha sohalarda zarur chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!