Jahon, Siyosat

Ukraina 2025-yilga mo‘ljallangan harbiy maqsadlarni sanadi

Ukraina 2025-yilga mo‘ljallangan harbiy maqsadlarni sanadi

Ukrainaning harbiy strategiyasi to‘rtta asosiy ustuvor yo‘nalishga asoslanadi: front chizig‘ini barqarorlashtirish, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, osmon va dengiz yo‘llari himoyasini kuchaytirish hamda Rossiyaga “simmetrik javob” berish. Bu haqda kecha, 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Ramshtayn” formatidagi Aloqa guruhining 25-yig‘ilishida Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov ma’lum qildi.

U Ukrainaning 2025-yilga mo‘ljallangan harbiy strategiyasini tasvirlab bergan.

“Uchrashuv davomida biz to‘rtta asosiy ustuvor yo‘nalishga asoslangan strategiyamizni taqdim etdik: front chizig‘ini barqarorlashtirish, Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, osmon va dengiz yo‘llari himoyasini kuchaytirish hamda tajovuzkorning urinishlariga simmetrik javob berish”, degan Umarov.

Uchrashuvning asosiy yutuqlari qatorida Mudofaa vazirligi rahbari Ukraina mudofaa kuchlarini 2027-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha 8 ta qobiliyatli koalitsiya doirasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarini tasdiqlashini aytgan. Ma’lum qilinishicha, ular – aviatsiya, havo mudofaasi, harbiy-dengiz kuchlari, artilleriya, zirhli texnika, IT, dron va minalardan tozalash texnologiyalari.

“Biz hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tdik. Urushning bevosita ehtiyojlarini qondirishdan tashqari, armiyamizning salohiyatini oshirishga ham harakat qilamiz”, deya xulosa qilgan Umarov.