Jahon, Jamiyat

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki eng koʻp sarmoyani Oʻzbekistonga kiritdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki eng koʻp sarmoyani Oʻzbekistonga kiritdi

Bank Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonini qoʻllab-quvvatlab keladi. 

2024-yilda YeTTB investitsiyalari rekord daraja 16,6 milliard yevroga yetdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan kiritilgan investitsiyalar 2024-yilda Ukrainadagi loyihalar va yashil moliyalashtirish hisobiga 26 foizga oshib, rekord darajadagi 16,6 milliard yevroni (17,1 milliard dollar) tashkil etdi.

YeTTBning xabariga qaraganda oʻtgan yili moliyalashtirilgan 584 loyihaning toʻrtdan uch qismidan koʻprogʻi xususiy sektorga yoʻnaltirilgan, shu bilan birga, umumiy investitsiyalar yaʼni bankdan tashqari manbalardan ochilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 26,7 milliard yevroni tashkil etgan.

Xalqaro bank prezidenti Odile Reno-Basso bunga sabab sifatida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash darajasi oshgani va yashil investitsiyalarni koʻrsatdi.

“Yana bir omil – yashil investitsiyalar. Biz Oʻzbekiston va Misr kabi bir qator mamlakatlar bilan qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish strategiyalari boʻyicha koʻp ish olib bormoqdamiz.» – dedi u.

Oʻtgan yili YeTTB eng koʻp investitsiya qilgan davlatlar orasida Oʻzbekiston Turkiya, Ukraina, Misr, Polshadan keyin beshinchi oʻrinni egalladi.

Bank Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonini anchadan beri qoʻllab-quvvatlab keladi. Uning investitsiyasi YeTTB va Oʻzbekiston hukumati tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan uzoq muddatli dekarbonizatsiya rejasiga sarflanadi. Bu reja 2050-yilgacha uglerod chiqindilarini yaratmasdan energiya olish usulini topishni maqsad qilgan.