14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonda keng nishonlanadi, biroq bu kun dam olish kuni hisoblanmaydi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, quyidagi 9 ta ishlanmaydigan bayram kuni bor:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentyabr — Mustaqillik kuni;
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Qonun bilan tasdiqlangan bayramlar soni 30 dan ortiq bo‘lib, ularning 9 tasi dam olish kuni hisoblanadi, qolganlari esa ishlanadigan bayram kunlaridir. 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni ham qonun bilan belgilangan ishlanadigan bayram kunlaridan biridir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!